O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Ishlab chiqarish quvvati bosqichma-bosqich oshirib boriladi

Ishlab chiqarish quvvati bosqichma-bosqich oshirib boriladi

Termiz shahridagi “ZIF TEXTILE” mas’uliyati cheklangan jamiyati tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Joriy yil iyun oyida faoliyat boshlagan korxonani barpo etish uchun loyiha tashabbuskorlariga 2017 yilda qurilishi tugallanmagan to‘rt qavatli bino 16 milliard so‘m investitsiya majburiyatlari kiritish sharti bilan “nol” qiymatda berilgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida bu yerda yirik hajmda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Germaniya, Italiya, Turkiyadan zamonaviy tikuv dastgohlari keltirib o‘rnatildi. Ishchilarning samarali faoliyati va dam olishi uchun zarur qulayliklar yaratildi.

Yirik loyihani ishga tushirish uchun 16,6 million dollar sarflandi. Uning 10 million dollari tijorat bankining kredit mablag‘idir.

Loyiha amalga oshgach, 1000 ta ish o‘rni yaratildi. Korxona joriy yilda 29,4 million dollarlik bolalar va kattalar kiyimlari, jinsi shim kabi tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarib, 8,8 million dollarlik raqobatbardosh mahsulotni xorijga eksport qilishni rejalashtirgan. Kelasi yili esa 38,2 million dollarlik mahsulot tayyorlanib, uning qariyb yarmini eksportga yo‘naltirish mo‘ljallangan.

1 552
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA