Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.02.2018 17:22 Chop etish versiyasi

ISHIDdan ozod etilgan Iroqni qayta tiklash bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘zi ishini boshlashi kutilmoqda

ISHIDdan ozod etilgan Iroqni qayta tiklash bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘zi ishini boshlashi kutilmoqda Kuvaytda 14 fevral kuni ISHID terrorchilaridan ozod etilgani munosabati bilan Iroqni qayta tiklash bo‘yicha xalqaro konferensiya ochiladi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.

Xalqaro anjumanda 70 dan ortiq donor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali vakillari ishtirok etadi.

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Ibodi 2017-yil 10-iyulida Mosul shahrini ISHID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha amaliyotning muvaffaqiyatli yakunlanganini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng Kuvayt amiri shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh Iroqni qayta tiklash bo‘yicha xalqaro konferensiyani o‘z mamlakatida tashkil etishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Shuning munosabati bilan tashkil etilayotgan birinchi konferensiya ishida xalqaro gumanitar, nodavlat-notijorat va xususiy sektor vakillari bilan bir qatorda BMT Bosh kotibi, Jahon banki rahbari, Kuvayt amiri, shuningdek Iroq va Kuvayt mamlakati bosh vazirlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Siyosatchilarning fikricha, Iroqni qayta tiklash uchun 88 milliard dollar talab etiladi. Mamlakatning tabiiy boyliklarga boyligi, xususan, yirik neft konlariga boy sanalgan Kirkuk huduning iroq hukumati nazorati ostida ekani mamlakatni tiklash bo‘yicha kutilgan natijalarga erishish imkonini berishi mumkin.


6 138