O‘zA O`zbek

15.08.2018 11:05 Chop etish versiyasi

Ishchi guruhlari Dasturning samarali ishlashini ta’minlaydi

Ishchi guruhlari Dasturning samarali ishlashini ta’minlaydi

Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi O‘zbekistonda yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturining hayotga samarali tadbiq etilishida mas’ul.

Avval xabar berganimizdek, Prezidentning 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori balan O‘zbekistonda yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Ushbu Qarorda Dasturni samarali amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ham belgilab berildi. Unga ko‘ra, Bosh vazir rahbarligidagi Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi vazirlik va idoralarning mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda Dasturning amalga oshirilishi bo‘yicha ishchi guruhlarni tashkil etadi, ularning samarali ishlashini ta’minlaydi. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tahlil qilib boradi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya sohasida qonun buzilishi holatlarining sabab va shart-sharoitlarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish, joylarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni o‘rganish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi.

O‘zA
3 682