O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

Ishchi guruh: “Vodiyneftgaz qazib chiqarish” boshqarmasi tashkil etiladi

Ishchi guruh: “Vodiyneftgaz qazib chiqarish” boshqarmasi tashkil etiladi

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari “Andijonneft” AJ tomonidan Fargʻona vodiysida gaz qazib chiqarish holatini oʻrgandi.

Oʻrganish jarayonida Buloqboshi tumanidagi Chaqar konida “Qoʻqonneftgazparmalash ishlari” MCHJ tomonidan yangi qazilayotgan “Chaqar- 3” qidiruv qudugʻi koʻzdan kechirilib, bu yerda mehnat faoliyatini olib boruvchi ishchi-xodimlar bilan suhbat oʻtkazildi hamda ular uchun yaratilgan sharoitlar tanishildi.

Korxonaning boʻsh turgan ikkita burgʻulash uskunasini “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan gaz hajmlarini oshirish maqsadida burgʻulash ishlariga jalb qilinishi toʻgʻrisida topshiriqlar berildi.

Ishchi guruh “Uchtepa” gaz konidagi 3 va 5 – sonli quduqlardagi jarayon bilan tanishib, aholi ehtiyojlarini qondirish maqsadida gaz qazib chiqarish hajmlarini oshirish kerakligi va bu borada ham muhim vazifalar belgilab berildi.

photo_2020-05-23_20-10-14.jpg

Fargʻona vodiysida geologik qidiruv ishlarini olib borish, mavjud va yangi istiqbolli konlarni ochish kerakligi va Fargʻona viloyatida “Avval” va “Xonqiz” konlarini batafsil oʻrganib chiqish va u yerda ham gaz qazib chiqarish boʻyicha takliflar tayyorlash toʻgʻrisida aytib oʻtildi.

“Andijonneft” jamiyatini “Oʻzbekneftgaz” AJga qoʻshib olish jarayonini tezlashtirish kerakligi va yangi “Vodiyneftgaz qazib chiqarish” boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida topshiriqlar berildi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruhning vodiy viloyatlardagi soha tashkilotlari faoliyatini oʻrganish ishlari davom etadi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

1 243
OʻzA