O‘zA O`zbek

13.07.2020 Chop etish versiyasi

Ishchi guruh Qashqadaryo va Buxorodagi konlar, quduqlar, ishlab chiqarish hamda qayta ishlash korxonalar faoliyatini oʻrgandi

Ishchi guruh Qashqadaryo va Buxorodagi konlar, quduqlar, ishlab chiqarish hamda qayta ishlash korxonalar faoliyatini oʻrgandi

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev rahbarligida ishchi guruh aʼzolari Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi ishlab chiqarish va qayta ishlar korxonalari, konlar hamda quduqlarda boʻlib, u yerdagi hozirgi holatni oʻrgandi.

Avvalo, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida ishchi-xodimlarga yaratib berilgan sharoit, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, uning oldini olish uchun amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib chiqildi.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh Muborak NGQCHBga qarashli “Janubiy Muborak” konidagi burgʻulash ishlari olib borilayotgan 10-sonli quduqdagi ishlar bilan yaqindan tanishdi va quduqlarda olib borilayotgan burgʻulash ishlarini belgilangan muddatlarda tugatish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish va uni qatʼiy nazoratga olish boʻyicha tegishli rahbarlarga topshiriq berildi.

Ishchi guruhning Muborak gazni qayta ishlash zavodiga tashrifi ham ishchi-xodimlarga yaratib berilgan sharoit va karantin qoidalariga rioya etilayotgani holati oʻrganildi, zavodda gaz qazib olish va geologiya qidiruv ishlarini olti oylik natijalari va 2020-yilni yakunlash boʻyicha muhokamalar qilindi.

Oʻrganish chogʻida umumiy qiymati 73.595 mln. dollarni tashkil etadigan, yiliga qoʻshimcha 59.4 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish imkonini beruvchi “Mavjud propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmasining 1,2,3-tizimlari qurilmalarining modernizatsiya qilish” va “Propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmasining 4-tizimini qurish” investitsion loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham oʻrganildi.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari tabiiy gaz qazib olish hajmini oshirish boʻyicha Buxoroda qilinayotgan ishlar bilan tanishish uchun Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining “Uchqir gazni oltingugurtdan tozalash” kompleksida boʻldi.

Unda konlardan qazib olinayotgan tabiiy gazni past bosimdan yuqori bosimga oshirib berish va kunlik 1,5-2,0 mln.kub.m tabiiy gaz qazib chiqarish uchun qurilayotgan “Uchqir siquv kompressor stansiyasi”dagi yakuniy qurilish ishlari holati bilan yaqindan tanishildi.

Pudratchi korxona rahbarlari bilan muzokoralar oʻtkazildi hamda “Uchqir siquv kompressor stansiyasi”ni joriy yilning iyul-avgust oylari yakuniga qadar ishga tushirish va toʻliq belgilangan meʼyorlar asosida ishlatish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.

Jarayonda investitsion loyiha doirasida qurilishi amalga oshirilayotgan gazni seolitli quritish qurilmasi (UTSOG), suyultirilgan gazni qabul qilish (UPPBS), laboratoriya binolari, 100 oʻrinli oshxona, kuzatuvchilar binosi qurilish ishlarining hozirgi holati atroflicha oʻrganildi va qurilishni belgilangan muddatda tugatish boʻyicha kerakli topshiriqlar berildi.

Boshqaruv raisi Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga tashrifi davomida “ENTER Engineering Pte.Ltd.” kompaniyasi tomonidan qurilishi amalga oshirilayotgan “Uchqir siquv kompressor stansiyasi”ni ishga qoʻshish joriy yilning 10-iyul sanasiga belgilangan boʻlsa-da, hanuzgacha ishlar yakunlanmaganini keskin tanqid qildi. Garchi yetarli sabablar boʻlmagan boʻlsa-da, qurilish ishlari oʻz yakuniga yetmagani va navbatdagi muddatda ham ishlar tugatilmasa bu boʻyicha masʼullarga chora koʻrilishi masalasini oʻrganish boʻyicha tegishli rahbarlarga koʻrsatmalar berildi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

1 042
OʻzA