O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

05.09.2018 18:08 Chop etish versiyasi

Ish quroling soz boʻlsa... (video)

Ish quroling soz boʻlsa... (video)

“Ish quroling soz boʻlsa, mashaqqating oz boʻlur” degan maqol bor. Bu bejizga emas. Soʻnggi paytlarda koʻrilgan tezkor choralar hisobiga qishloq xoʻjaligi texnikalarining narxi 5 foizga tushirildi.

2018-yil 1-iyul holatiga koʻra yurtimizda 150 486 dona qishloq xoʻjalik texnikalari mavjudligini koʻrsatmoqda. Shundan, 57 822 dona traktor, 58 019 ta tirkama, 3 608 ta bugʻdoy oʻruvchi kombaynlar, 1 224 dona paxta terish mashinalari, 1 738 yemish oʻruvchi texnika, 28 075 tasi boshqa qishloq xoʻjaligi texnikalaridir. Ulardan 82 921 donasi xizmat koʻrsatish muddatini allaqachon oʻtab boʻlgan. Bu esa, mavjud ehtiyojni koʻz oldimizda toʻlaroq gavdalantiradi.

Demak, qishloq xoʻjaligiga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy qilishni zamonning oʻzi dolzarb vazifa qilib qoʻymoqda.

Bu borada amalga oshirilayotgan tizimli va tadrijiy ishlar xususida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan quyidagi dastur orqali tanishing.


OʻzA