O‘zA O`zbek

20.08.2018 18:06 Chop etish versiyasi

Ish haqi to‘lanib,suv quvurlari ta’mirlandi

Adliya vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlar soni 500 ortiq bo‘lib, uning 200 ziyodi qanoatlantirilgan, 232 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan va 88 tasitegishli tashkilotlarga yuborilgan.

Shuningdek, joriy yildan vazirlikda“Call center” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Uning asosiy vazifasi - aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga, murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqning so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish,“ishonch telefoni”ga qilingan murojaatlarning to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etishdan iborat.

“Call center” ko‘p kanalli bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida xizmat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasining istalgan hududidan 1 008 qisqa raqami orqali bepul bog‘lanish mumkin.

O‘tgan qisqa vaqtda bu markazga7 ming 250 jismoniy va yuridik shaxsning qo‘ng‘iroqlari qabul qilingan.

Qayd etish joizki, “Call center” faoliyati boshlangandan buyon, fuqarolarning Adliya organlariga bo‘lgan ishonchi ortib, notarial harakatlar yuzasidan, uy-joy masalalari, fuqarolarining Toshkent shahriga doimiy ro‘yxatga olish bo‘yicha, pensiya ta’minoti, aliment undirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish masalalari bo‘yicha murojaatlar ko‘pchilikni tashkil qilmoqda.

Misol uchun, Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, Yangilik mahallasida yashovchi fuqaro A.Asqarov Toshkent viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish birlashmasidan 858 ming 979 so‘m ish haqi to‘lanmaganligidan norozi bo‘lib, “Ishonch telefoni”ga murojaat qildi. U Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, sudga da’vo arizasi kiritilgach, sud qarori bilanfuqaroning murojaati to‘liq qanoatlantirildi.

Samarqand viloyati, Nurobod tumanida yashovchiCh.Baratova bolasiga ikki yoshgacha nafaqa puli tayinlanmayotganligidan norozi bo‘lib, “Ishonch telefoni”ga murojaat qildi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi mahallaga ogohnoma kiritgach, fuqarolar yig‘inining 28.07.2018 yildagi qarori asosida fuqaroning farzandiga nafaqa tayinlandi.

Navoiy viloyat, Navoiy shahar, A.Avloniy ko‘chasida yashovchi fuqaro V.Barsukov o‘zi istimoqat qilayotgan ko‘chadagi suv quvurlaridan issiq suv toshib ketganligi, mazkur masala yuzasidan Navoiy shahar “Gulobod” shirkatiga hamda “Navoiy kon metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga bir necha marta issiq suv quvurlarini ta’mirlab berish bo‘yicha murojaat qilganligi biroq, hech qanday natija bo‘lmaganligi yuzasidan murojaat qilgan edi. Murojaatni Navoiy viloyat adliya boshqarmasi ko‘rib chiqib, fuqaroning issiq suv quvurlari to‘liq ta’mirlab berilishiga erishildi.

O‘zA
1 458