Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.04.2018 12:34 Chop etish versiyasi

Iqtisodiy sudlarning vazifasi qanday?

Iqtisodiy sudlarga quyidagi ishlar taalluqlidir:

iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek korporativ nizolar bo‘yicha ishlar ko‘rilayotganda taraflar bo‘lgan fuqarolar o‘rtasidagi fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlar;

iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar;

bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar;

hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlar;

korporativ nizolar bo‘yicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno;

chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijro etishga qaratish to‘g‘risidagi ishlar. O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘riladi.

Manba: Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali. 

O‘zA
2 125