Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.11.2017 16:44 Chop etish versiyasi

Iqlimga doir muammolarning oldi olinmoqda

Milliy matbuot markazida “O‘zgidromet” markazi tomonidan BMT Yashil iqlim jamg‘armasi bilan hamkorlikning ustuvor masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori vazifasini bajaruvchi K.Oripov va boshqalar mamlakatimizda barcha sohalar qatorida gidrometeorologiya xizmati tizimida ham tub islohotlar hayotga tatbiq etilayotganini ta’kidladi. Tizimda iqlim o‘zgarishiga doir muammolarni bartaraf etish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ob-havo hodisalarini oldindan aniqlash, bu boradagi ma’lumotlardan aholini o‘z vaqtida xabardor etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Anjumanda iqlim o‘zgarishining oldini olish va uning oqibatlariga moslashish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, ularning samaralari, ushbu muammoning oldini olishda BMT Yashil iqlim jamg‘armasi bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari haqida so‘zlab berildi.

BMTning Yashil iqlim jamg‘armasi global miqyosdagi tashabbus bo‘lib, uglerodlarni atmosferaga kam chiqarish hamda iqlim barqarorligiga asoslangan rivojlanishni moliyalashtirish orqali iqlim o‘zgarishi masalalarini hal qilishga qaratilgan tashkilot hisoblanadi. Jamg‘armaning bosh qarorgohi Janubiy Koreyaning Songdo shahrida joylashgan. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi Yashil iqlim jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlash vakolatiga ega. Markaz o‘zining vakolatlari doirasida Yashil iqlim jamg‘armasi bilan qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Matbuot anjumanida Yashil iqlim jamg‘armasi bilan hamkorlik istiqbollari, iqlim o‘zgarishidagi salbiy oqibatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
1 744






Все о погоде - Pogoda.uz