Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.12.2017 20:32 Chop etish versiyasi

Iqboljon Ilhomovning Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmasi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyida harbiy rassom Iqboljon Ilhomovning Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmasi ochildi.

– Ushbu ko‘rgazma muzeyimiz bilan hamkorlikda tashkil etildi, – deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi direktori Jabbor Eshonqulov. – Iqboljon aka milliy armiyamiz saflariga chaqirilgunga qadar muzeyimizda faoliyat yuritgan edi. Rassomning aksariyat ishlari buyuk tarixiy shaxslar, olim va yozuvchilarning portretlaridan iborat.

Ko‘rgazmada “Buyuk siymolar” bo‘limiga keng joy ajratilgan bo‘lib, bu yerda yurtdoshlarimiz qalbidan chuqur joy olgan Sohibqiron Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab ulug‘ siymolarning 90 dan ziyod portreti namoyish etilmoqda.

Ablay Kamolov, O‘zA
2 545