O‘zA O`zbek

04.08.2018 13:43 Chop etish versiyasi

Investitsion loyihalarning ijro holati elchilar bilan muhokama qilindi

Investitsion loyihalarning ijro holati elchilar bilan muhokama qilindi

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi delegatsiyasining xorijiy davlatlarga safari davomida tuzilgan investitsion loyihalar va boshqa shartnomalarning ijro holati, bu borada o‘rin olayotgan ayrim muammolar, ularning yechimiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya, Janubiy Koreya, Indoneziya, Germaniya, Kuvayt, AQSH hamda Rossiya Federatsiyasidagi elchilari bilan bevosita videoaloqa o‘rnatildi. Videomuloqotda investitsion loyihalar va boshqa shartnomalarning ijro holati muhokama qilindi.

Joriy yilda Qoraqalpog‘istonga Germaniya, AQSH, Xitoy, Chexiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Turkiya davlatlarining tadbirkorlari, yirik kompaniyalari vakillari kelib, hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. O‘z navbatida Qoraqalpog‘iston delegatsiyasining xorijiy davlatlarga safari tashkil qilinib, uning doirasida o‘nga yaqin memorandumlar imzolangan.

Shu yil sentyabr oyida Qoraqalpog‘istonda investitsion forum o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu esa xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikda ishlashga xizmat qiladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov ishtirok etdi.

Yesimxon Qanoatov, O‘zA
2 335