O‘zA O`zbek

05.09.2018 10:44 Chop etish versiyasi

Internetda “Viber“ning soxta ilovasi paydo boʻlgan. Josus dastur foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlaydi

Internetda “Viber“ning soxta ilovasi paydo boʻlgan. Josus dastur foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlaydi

Internetda “Viber“ messenjerining soxta ilovasi aniqlandi.

ESET antivirus dasturlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya mutaxassisi Lukas Stefankoning “Twitter”dagi qaydlariga asoslanib, bu haqda RIA Novosti xabar beradi.

Qayd etilishicha, soxta “Viber“ ilovalar rasmiy doʻkoni “Google Play“dan joy olib ulgurgan. Josus dastur yuklanishi bilan u qurilma xotirasi va SD-kartadagi fayllarga kirish huquqini soʻraydi. Soxta ilova ishga tushgach, foydalanuvchining “WhatsApp” va “WeChat”dagi mediahujjatlari, qurilma xotirasidagi fotosuratlar va boshqa shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlaydi, hatto qoʻngʻiroqlarni ham yozib olishi mumkin.

Malohat Husanova, OʻzA
1 454