O‘zA O`zbek

24.09.2020 Chop etish versiyasi

Institutlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Institutlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tomonidan oʻquv jarayoniga ilgʻor tajribalarni joriy etish, oʻzaro tajriba almashish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida respublikamizdagi turdosh taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirishga katta eʼtibor berib kelinmoqda.

Yaqinda Abdulla Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar oʻrtasida oʻtkazilgan davra suhbati davomida Prezidentimiz va Hukumatning sohaga oid normativ hujjatlari ijrosini taʼminlash, har ikkala taʼlim muassasasida yuqori samarali zamonaviy taʼlim va innovatsion texnologiyalar, ilgʻor xorijiy tajribani keng joriy etgan holda rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini doimiy yangilab borish va samaradorligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuni boʻyicha taʼlim muassasalarining rahbarlari Ayubxon Radjiyev va podpolkovnik Zafar Jumanov tomonidan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolanib, unga koʻra oʻzaro ilgʻor tajribalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatni olib borish va hamkorlikda master-klasslar, seminar-trening va konferensiyalarni tashkil qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

IIV Malaka oshirish instituti

Axborot xizmati

836
O'zA