Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.02.2018 15:57 Chop etish versiyasi

Institut rektori Orol mintaqasini daraxtzorga aylantirishda tashabbus ko‘rsatmoqda

Institut rektori Orol mintaqasini daraxtzorga aylantirishda tashabbus ko‘rsatmoqda
Garchi qishloq xo‘jaligi sohasi bilan shug‘ullanmasa-da, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori I.Yuldashev hamda institutning Farg‘ona mintaqaviy filiali ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.Shukurov tashabbusi bilan Orol mintaqasida daraxtzorlar barpo etish loyihasi ishlab chiqildi. Bu xayrli ishga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali hamda Nukus filiali jalb etildi. Ayni paytda Orol dengizi mintaqasiga turli mevali va manzarali ko‘chatlarni, daraxt qalamchalarini ekishga tayyorlanmoqda. 

Aslida Orol mintaqasidagi halokat butun dunyoni tashvishga solib kelayotgan muammodir. Halokatni yumshatish yo‘lida qilinayotgan bunday sa’y-harakatlar mintaqa muammolarini yengillatishga xizmat qiladi. 

Dengizni qirg‘oqdan 180-200 km. uzoqlashib ketgani, 5,5 million gektar maydonda Orolqum paydo bo‘lgani, undan har yili 600-700 million tonna zaharli tuz shamol va bo‘ronlar ta’sirida katta mintaqalarga tarqalayotgani, zaharli tuzlar millionlab insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, bu ofatga qarshi faqatgina ko‘pchilik bo‘lib kurashish lozimligi bugun yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

– Yurtimizda BMT shafeligida Orol dengizi hamda Orolbo‘yi hududi bo‘yicha maxsus Trast jamg‘armasini tuzishga qaratilgan harakatlar qat’iy qo‘llab-quvvatlanib, 2017-yil 10 -fevralda BMTning “Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol dengizi fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoitini yaxshilash va mustahkamlash” dasturi amalga oshirila boshlandi,– deydi Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi O‘rozboy Abdurahmonov.

htmlimage (1).jpg

htmlimage (2).jpg


7 310