O‘zA O`zbek

13.07.2020 Chop etish versiyasi

Inspektorga qarshilik koʻrsatgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Inspektorga qarshilik koʻrsatgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Joriy yilning 11-iyul kuni soat 16:00 larda Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi YHXB katta inspektori T.D. oʻziga biriktirilgan Qoʻqon shahar Furqat koʻchasida xizmat olib borayotgan vaqtida fuqaro R.D.ga tegishli “SPARK” rusumli transport vositasini toʻxtatgan.

Haydovchi R.D. boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz va karantin qoidalariga rioya qilmagan holda avtomashina boshqarayotganligi aniqlangan. Shunday boʻlsada, u katta inspektor T.D.ning qonuniy talabini bajarmasdan, faol qarshilik koʻrsatgan. Avtomashinasini unga qarata haydab, yon tomoni bilan inspektorni urishi natijasida boshqarma xodimi mashinaning old qismiga yotib qoladi. Bundan foydalangan fuqaro inspektorni avtomashinani toʻxtatish haqidagi talabini bajarmasdan, uni tushirib yuborish maqsadida xavfli manyovrlar qilgan holda yoʻlning qatnov qismi boʻylab 98 metrga sudrab borib, yengil tan jarohati yetkazgan. Haydovchi hodisa joyidan qochib ketmoqchi boʻlganida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar prokuraturasi tomonidan R.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ish olib borilmoqda.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha Qoʻqon shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

997
M.SULAYMONOV, OʻzA