O‘zA O`zbek

14.08.2018 12:20 Chop etish versiyasi

Inson yashashi uchun eng qulay shahar nomi aniqlandi

Inson yashashi uchun eng qulay shahar nomi aniqlandi

Maxfiy iqtisodchilar birlashmasi (Economist Intelligence Unit) o‘tkazgan xalqaro yillik tadqiqotiga ko‘ra, dunyodagi inson yashashi uchun eng qulay shaharlar reytingida Avstriyaning Vena shahri birinchi, Avstraliyaning Melburn shahri ikkinchi o‘ringa munosib, deb topildi.

Avstriya Yevropa davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib ushbu tadqiqot reytingida yuqori natijani ko‘rsatdi. Reyting jadvalidan dunyoning 140 mamlakati jinoyatchilikning oldini olish, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida erishgan yutuqlari hamda ijtimoiy, siyosiy barqarorlik darajasiga ko‘ra o‘rin egalladi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, Angliyaning Manchester shahri o‘tgan yilgi reyting natijalarida qayd etgan o‘rnidan 16 pog‘ona ko‘tarilib, 35-o‘rinni band etdi. Iqtisodchilarning fikricha, shaharning reytingda jiddiy yuqorilashiga mamlakatdagi xavfsizlik xizmati yaxshilangani sabab bo‘lmoqda.

Tahlillar reytingga kiritilgan mamlakatlarda inson yashashi uchun sharoitlar yildan-yilga yaxshilanib borayotganini ko‘rsatmoqda, – deb xabar bermoqda BBC.com sayti.

Z. Mirzaboyeva, O‘zA
2 518