Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.08.2018 20:14 Chop etish versiyasi

Innovatsion videoroliklar jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qiladi

Innovatsion videoroliklar jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qiladi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi kurashishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

Unda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, psixologlar, ekspertlar ishtirok etdi.

Seminarda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan, kuchli ta’sirga ega innovatsion videoroliklar yaratish masalasi kino sohasi mutaxassislari, psixologlar, ekspertlar tomonidan muhokama qilinib, tegishli reja tuzildi.

Muhokamalar yakunida seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan ishtirokchilarning tavsiyalari ishlab chiqildi.

Inobat Ahatova, O‘zA
1 914