O‘zA O`zbek

20.09.2018 Chop etish versiyasi

Innovatsion texnologiyalar – aholini sifatli gaz bilan taʼminlashga xizmat qiladi

Innovatsion texnologiyalar – aholini sifatli gaz bilan taʼminlashga xizmat qiladi Toshkent viloyati Qibray tumanida “Oʻztransgaz“ aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Sohada innovatsion texnologiyalarni qoʻllash – rivojlanishning muhim omili“ mavzusida brifing oʻtkazildi.

Unda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan gʻoya asosida “Oʻztransgaz” AJ tizimida yillar davomida toʻplanib qolgan muammolarni bartaraf etish, aholini uzluksiz sifatli tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash, bu borada sohaga eng ilgʻor innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Sir emas, aholini sifatli tabiiy va suyultirilgan gaz bilantaʼminlash, ayniqsa, kuz-qish mavsumida uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, gazdan yashirincha foydalanish, isteʼmol qilingan tabiiy gaz haqini oʻz vaqtida toʻlash kabi masalalarda muammolar mavjud. Mamlakatimizda davlatning xalq bilan bevosita muloqot koʻprigitashkil etilgani, xususan, murojaatlar bilan ishlashda yangi tizimyoʻlga qoʻyilgani ham aholining gaz isteʼmoli bilan bogʻliq muammolari koʻpligini koʻrsatdi. Shu bilan birga, tizimda foydalanib kelinayotgan eski texnologiyalar ortiqcha gaz isrofi va sarf-xarajatni keltirib chiqarmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, mavjud texnologiyalarmaʼnaneskirgan.

7.jpg

10.jpg

– Tabiiyki, tizimdagi mazkur holat sohaga istiqbolli innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishni taqozo qilmoqda, – deydi “Oʻztransgaz” AJ boshqarma boshligʻi Akmal Eshonqulov. – Shu maqsadda yurtimizmutaxassislari dunyoning koʻplab davlatlari tajribasi va yetakchi firmalari texnologiyalarini oʻrgandi. Shu asosda istiqbolli, deb topilgan 7 loyiha amalga oshirilmoqda.

Brifingda mutaxassislar tomonidan jurnalistlarga ushbu loyihalarning amalga oshirilish jarayoni va ahamiyati toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Maʼlumotlarga koʻra, gaz transporti tizimida dispetcherlik boshqaruv va maʼlumotlar yigʻimining avtomatlashtirilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan SCADA dasturi mazkur tizimdamaʼlumotlarnireal vaqtda qabul qilish, qayta ishlash, texnologik protsesslarni mantiqiy boshqarish, magistral quvurlardagi avariya holatlari boʻyicha oʻz vaqtida xabardor boʻlish imkonini beradi. Yana bir muhim innovatsion loyiha bu – kompressor stansiyalaridagi gaz haydash agregatlari dvigatellaridan ajralib chiqayotgan issiqlik energiyasidan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasidir. Mazkur loyiha boʻyicha Italiyaning “TURBODEN“ kompaniyasi bilan hamkorlikda Andijon viloyatidagi “Xoʻjaobod“ yer osti gaz saqlash omborida amaliy ishlar boshlangan. Bunda gaz trubinali kompressor stansiyasida tabiiy gazyoqilishidan hosil boʻladigan issiqlik energiyasidan soatiga 1 MVt, yiliga 3 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Tadbir doirasida tumanning Usmon Yusupov nomli mahallasiga press-tur tashkil etildi. OAV vakillari mahallada gaz taqsimoti tizimini avtomatlashtirish loyihasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

15.jpg

17.jpg

Qayd etilishicha, gaz taqsimoti tizimining avtomatlashtirilishi xonadonlardagi tabiiy gaz bosimi bilan bogʻliq muammolarga toʻliq barham beradi. Xususan, endilikda aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz bosimi 10 barobar oshiriladi. Mazkur tizimning avtomatlashtirilishi shuningdek, mahallaga berilayotgan tabiiy gaz bosimi, harorati toʻgʻrisida markazlashgan dispetcherlik xizmatiga onlayn maʼlumot uzatish imkonini yaratib, ortiqcha gaz isrofi, oʻgʻrilik, oʻz vaqtida toʻlov, ayniqsa, gaz bilan bogʻliq turli baxtsiz hodisalarning oldini olishga zamin yaratadi.

Tadbir doirasida tizimga oid ilgʻor innovatsion texnologiyalar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

2 371
Avazbek Xudoyqulov, Farhod Abdurasulov (surat), OʻzA