O‘zA O`zbek

22.10.2019 Chop etish versiyasi

Innovatsion rivojlanish vazirining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi tayinlandi

Innovatsion rivojlanish vazirining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Abduqunduzova Nazokat Usmonqulovna Innovatsion rivojlanish vazirligining Axborot xizmati rahbari, vazirning axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

N.Abduqunduzova 1997-yil Toshkent davlat sharqshunoslik institutining xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini bitirgan. 2018-yil may oyidan Innovatsion rivojlanish vazirligining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Vazirlikdagi faoliyatiga qadar respublikamizning qator gazeta va jurnallarida masʼul kotib, muharrir, bosh muharrir lavozimlarida ishlagan. Davriy nashrlarda maqolalari, badiiy asarlari chop etilgan.

“Oʻzbektelefilm” buyurtmasiga asosan ikkita 20 seriyali telefilmlar (“Orzular fasli”, 2016-yil, “Dugonajonlar” 2018-yil) ssenariylari muallifi.

Lavozimga tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.

599
OʻzA