O‘zA O`zbek

25.04.2018 12:31 Chop etish versiyasi

Innovatsion g‘oyalar turizm rivojiga xizmat qiladi

Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda innovatsion g‘oyalarning o‘rni beqiyos.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekiston – Fransiya” do‘stlik jamiyati tomonidan o‘tkazilgan  “O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari va turizmni rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar” mavzuidagi ilmiy-amaliy seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi  farmoni ijrosiga bag‘ishlandi.

Ma’lumki, farmonda yurtimizning sayyohlik imkoniyatlari, tarixiy shaharlari, muqaddas qadamjolari va ziyoratgohlarini dunyoga tanitish kabi vazifalar belgilangan. Mazkur tadbirda ham yurtimizning sayyohlik imkoniyatlarini dunyoga tanitish, OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda bu borada amalga oshirilayotgan xayrli ishlarni muntazam yoritish, iqtidorlarli talabalarni bu sohada innovatsiya yaratishga safarbar etish, chet tilini mukammal biladigan iqtidorli yosh kadrlarni sohada ishlashga safarbar etish kabi masalalar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.

 “Энг yaxshi vedeorolik” tanlovi g‘oliblari “O‘zbekiston – Fransiya” do‘stlik jamiyatining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Rahima Shirinova,
“O‘zbekiston – Fransiya” do‘stlik jamiyati
 ijrochi direktori.

O‘zA
3 234