O‘zA O`zbek

15.08.2018 11:50 Chop etish versiyasi

Innovatsion g‘oyalar namoyishi (+foto)

Innovatsion g‘oyalar namoyishi (+foto)

Samarqandda “Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘garak a’zolari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Mening innovatsion g‘oyam” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

photo5449503111765928277.jpg

Xalq ta’limi vazirligi va “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyot markazi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda uning quyi bosqichlaridan saralangan 42 nafar o‘g‘il-qiz qatnashdi.

photo5449503111765928278.jpg

–Tanlov o‘quvchi-yoshlarning texnik ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadiga qaratilgan, - deydi “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyoti markazi direktori Xadicha Zokirova. – Hakamlar hay’atiga taqdim etilgan g‘oya va takliflar yosh avlodning nechog‘li yuksak salohiyatga ega ekanini ko‘rsatdi.

photo5449503111765928279.jpg

Ishtirokchilar tanlovda texnik ijodkorlik – aviaraketamodel, avtomodel, rabototexnika va elektron o‘yinchoqlar yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi ixtirolarini namoyish etdi.

photo5449503111765928280.jpg

– Elektr quvvati bilan ishlaydigan “Sayohatchi” nomli avtomodel yaratdim, - deydi tanlov ishtirokchisi Abdulla Abdullayev. – Sayyohlar uchun mo‘ljallangan mazkur avtouyda ovqatlanish, yuvinish xonalari va yotoq mavjud. Avto vosita quyosh batareyasi orqali quvvatlanadi.

Tanlovga taqdim etilgan chiqindilarni qayta ishlash, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, ekologik zararsiz qishloq xo‘jaligi texnikalari, yo‘l qoidalarini o‘rgatuvchi o‘yin qurilmasi kabi loyihalar hakamlar tomonidan yuqori baholandi. Aviaraketamodel yo‘nalishida birinchi o‘ringa Namangan viloyati vakili Malik Mamatov sazovor bo‘ldi. Avtomodel yo‘nalishida jizzaxlik Aziz O‘rinboyev, robototexnika va elektron o‘yinchoqlar yo‘nalishida samarqandlik Abdusalim Rustamov g‘olib bo‘ldi.

A. Isroilov (surat) O‘zA
3 646