Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.02.2018 12:51 Chop etish versiyasi

Innovatsion g‘oya va ishlanmalar namoyishi

Andijon mashinasozlik institutida “Innovatsion texnologiyalar, ta’lim bosqichlari integratsiyasi” mavzusida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, xalq ta’limi, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari hamkorligida Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan tashkil etilgan seminarda professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, iqtidorli talaba va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda yurtimiz taraqqiyoti va rivojlanishida innovatsion texnologiyalarning o‘rni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, professor-o‘qituvchilar, iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqotlari, innovatsion g‘oya va texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi muammo, yutuq va kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.

–Ijtimoiy hayotimizda innovatsiya muhitini shakllantirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi Andijon mashinasozlik instituti rektori O‘ktam Salomov. – Innovatsiya bo‘lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo‘lmaydi. Shu ma’noda yosh olimlar, iqtidorli talaba va o‘quvchilarning mazkur yo‘nalishdagi intilishlari, sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash ustuvor ahamiyatga ega.   

Seminarda mavzu doirasida ma’ruzalar tinglandi. Ishtirokchilar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirish, yanada yuqori bosqichga ko‘tarish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

Tadbir doirasida oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan talaba va o‘quvchilarning 300  ортиқ innovatsion g‘oya va ishlanmalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

“Eng yaxshi innovatsion g‘oya”, “Eng yaxshi innovatsion ishlanma”  деб topilgan ishlar mualliflari tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
10 670