O‘zA O`zbek

16.08.2018 12:29 Chop etish versiyasi

“Industrial park” kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

“Industrial park” kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

Toshkent shahar, Sergeli tumani, Rayhon ko‘chasida joylashgan 101,64 gektar maydonda “Industrial park” kichik sanoat zonasini tashkil etiladi.

Prezidentning 2018-yil 15-avgustda “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ushbu jihat nazarda tutilgan.

Shuningdek, Farmonga ko‘ra, 2018-yil 1-oktyabrdan:

avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibi bekor qilindi;

avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlari soliq organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkonini beradigan videokuzatuv va avtomototransport vositalari kirish va chiqish vaqtini qayd etish tizimi bilan jihozlanganda amalga oshiriladi.

O‘zA
2 554