O‘zA O`zbek

10.08.2018 12:56 Chop etish versiyasi

Imtihon sinovlari shaffofligi ta’minlandi

Imtihon sinovlari shaffofligi ta’minlandi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan imtihon sinovlari natijalari shu kunning o‘zida e’lon qilindi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida 2018/2019-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan 2018 yil 8 avgust kuni imtihon sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur imtihon sinovlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida har bir auditoriyaga videokuzatuv moslamalari qo‘yildi va abituriyentlarning ota-onalari va qarindoshlari uchun universitet maydonida katta ekranda onlayn tarzda yoritildi.

Imtihon sinovlari shaffofligi va teng ta’minlash maqsadida vazirliklarning tegishli xodimlari, Fanlar akademiyasi akademiklari ilmiy tadqiqot instituti olimlari, qo‘mita xodimlari jamoat tashkiloti vakillari, xalqaro oliy ta’lim muassasalarining O‘zbekistondagi filiallarida faoliyat olib borayotgan olimlar, malaka oshirish va qayta tayyorlash mintaqaviy markazlarning vakillari, O‘zbekiston temir yo‘llari AJ xodimlari, Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari, Davlat boshqaruv akademiyasi mutaxassislari hamda boshqa oliy ta’lim muassasalarining mutaxassislari ishtirok etdi.

Imtihon sinovlari natijalari shu kunning o‘zida e’lonlar doskasiga qo‘yildi.

O‘zA
2 670