O‘zA O`zbek

18.03.2020 Chop etish versiyasi

Imom Al-Buxoriy majmuasi yangi loyiha asosida qayta barpo etiladi

Imom Al-Buxoriy majmuasi yangi loyiha asosida qayta barpo etiladi

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi doirasida Imom Al-Buxoriyning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini yangi loyiha asosida qayta barpo etish belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tegishli loyiha tashkilotlarini jalb etgan holda Imom Al-Buxoriyning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini musulmon dunyosidagi ulugʻ maqomiga mos ravishda mutlaqo yangi loyiha asosida barpo etilishi yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida taqdimot qiladi.

Qurilish vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda obyekt qurilishi boʻyicha loyiha tashkilotlari va qurilish-pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda tanlash choralarini koʻradi.

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi obyektning qayta barpo etish boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan zarur mablagʻlarni respublika byudjetidan ajratilishini taʼminlaydi.

Belgilanishicha, obyektni qayta qurish jarayonida talab etilgan respublikada mavjud boʻlmagan qurilish materiallarini chetdan olib kelishda bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) istisno tariqasida ozod etiladi.

5 323
OʻzA