O‘zA O`zbek

30.03.2020 Chop etish versiyasi

ILTIMOS, UYDA QOLING!

ILTIMOS, UYDA QOLING!
Jon talvasasida yotgan ogʻir bemor Ibn Sinodan soʻradi:

– Ayting-chi, muhtaram tabib, men tuzalib ketarmikanman?!

Ulugʻ hakim unga shunday deb javob berdi:

– Biz uch kishimiz – men, sen va kasallik. Agar sen men tomonda boʻlsang, ikkovlashib kasallikni yengamiz. Agar sen kasallik tomonda boʻlsang, ikkovingizni yengishim mushkul boʻladi.

Kezar tojsimon virus –

Millat tanlamas iblis,

Siz unga boʻlmay muxlis,

Iltimos, uyda qoling!

Taqib maxsus niqobni,

Sirdosh aylab kitobni,

Haq bilib shu xitobni:

Iltimos, uyda qoling!

Chang solib turganda xavf,

Koʻcha kezmoqdan ne naf?!

To ofat boʻlguncha daf,

Iltimos, uyda qoling!

Boʻlmangiz buncha loqayd,

Keldi oʻzni sinar payt,

Sogʻ qolmogʻi-chun millat,

Iltimos, uyda qoling!

Gap uqmas, nodon boʻlmang,

Virusga makon boʻlmang,

Soʻng ming pushaymon boʻlmang,

Iltimos, uyda qoling!

Elim asray deb omon,

Yurtboshim kuydirar jon,

Siz ham boʻlib u tomon,

Iltimos, uyda qoling!

Bolajonlarga qarab,

Ollohdan najot soʻrab,

Poklikni shior aylab,

Iltimos, uyda qoling!

Ey, sohib iymon xalqim,

Aziz,mehribon xalqim,

Jonim xalqim, jon xalqim,

Iltimos, uyda qoling!

Zamon daʼvatin anglab,

Shifokor soʻzin tinglab,

Vatan taqdirin oʻylab,

Iltimos, uyda qoling!

Oʻtib ketar xavf-xatar,

Albat, quchgaymiz zafar,

Ammo, siz unga qadar,

Iltimos, uyda qoling!

Zikrilla NEʼMAT
“Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, shoir

6 285
O'zA