O‘zA O`zbek

28.09.2019 Chop etish versiyasi

Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash majlisi

Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash majlisi

Toshkentda 28-sentyabr kuni Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Germaniyaning F.Ebert nomidagi jamgʻarmasi bilan hamkorlikda, “Karl Shmitt – davlat va Konstitutsiya nazariyachisi” mavzusida tashkil etildi.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, ijro etuvchi va sud hokimiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, taʼlim muassasalari vakillari, ilmiy doiralar ishtirok etdi.

Tadbirda germaniyalik taniqli ekspert Gerta Doybler-Gmelin maʼruza qildi.

Doktor Gerta Doybler-Gmelin nafaqat Germaniyada, balki xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan taniqli siyosatchi hisoblanadi. U 1972-2009-yillarda bir necha bor Germaniya Federativ Respublikasi parlamenti – Bundestag deputatligiga saylangan.

Parlamentdagi faoliyati doirasida Huquqiy masalalar, Inson huquqlari va gumanitar yordam, Isteʼmolchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha qoʻmitalarga rahbarlik qilgan. Bir muddat adliya vaziri lavozimida faoliyat olib borgan.

Doybler-Gmelin taʼkidlaganidek, K.Shmitt hokimiyat, zoʻravonlik va huquqni roʻyobga chiqarish masalalarini katta qiziqish bilan oʻrgangan. Davlat huquqi va konstitutsiyaviy huquq bilan bir qatorda, siyosatshunoslik, sotsiologiya, dinshunoslik, filologiya va falsafa fanlari boʻyicha ham ilmiy tadqiqotlar olib borgan.

Anjuman doirasida qizgʻin ilmiy muhokamalar boʻlib oʻtdi. Mavzu yuzasidan oʻzbekistonlik olimlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

1 445
OʻzA