O‘zA O`zbek

01.08.2018 17:53 Chop etish versiyasi

Ikki davlat tashkiloti ikki xil ma’lumot tarqatdi. Qaysi biriga ishonaylik?

Ikki davlat tashkiloti ikki xil ma’lumot tarqatdi. Qaysi biriga ishonaylik?

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO‘MITASI VA
 MARKAZIY BANK MONITORINGI QAYSI BIRINING XULOSALARI TO‘G‘RI?

O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining rasmiy stat.uz saytida qo‘mitaning Narxlar statistikasi boshqarmasi 2018-yilning iyul oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasini e’lon qildi. Qo‘mita ma’lumotida keltirilishicha, joriy yilning iyun va iyul oylaridagi meva va sabzavot mahsulotlari narxlarining mavsumiy omillar natijasida arzonlashgani, umumiy iste’mol narxlari darajasining pasayishiga zamin yaratgani, narxlar darajasi mos ravishda 0,4 foiz va 0,3 foizga arzonlashgani aytiladi.

Shuningdek, davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotida 2018-yilning iyul oyida tovar va xizmatlar narxlari darajasi o‘rtacha 0,3 foizga pasaygani (yanvar oyida inflyatsiya – 2,7 foiz, fevralda – 1,1 foiz, mart oyida – 1,1 foiz, aprelda – 0,9 foiz, may oyida – 0,8 foiz, iyunda – deflyatsiya 0,4 foiz), yanvar – iyul oylarida inflyatsiya darajasi 5,9 foizni tashkil qilgani keltirilgan.

2018-yilning iyul oyida asosiy guruhlar bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari 
narxlari indeksi (o‘tgan oyga nisbatan, o‘sish va pasayish, %)

04.JPG
Umumiy iste’mol narxlari indeksi o‘sishidagi ta’siri– minus 1,0 foiz darajada

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalarida esa 2018-yil iyul oyida ayrim iste’mol tovarlari va xizmatlar narxi 0,5 foizga o‘sganligi aytilmoqda.

Jumladan, Markaziy bank ma’lumotida ta’kidlanishicha, iyul oyida meva-sabzavot mahsulotlarining narxi keskin pasayishni to‘xtatgan. Bunga so‘nggi oylarda bu mahsulotlarga nisbatan taklif hajmining mavsumiy oshishi sabab bo‘lgan. Shuningdek, ushbu guruhda narxlar o‘sishi 5,1 foizni tashkil etishi aytilmoqda.

Xo‘sh, qaysi davlat tashkiloti ma’lumotlariga ishonaylik?

O‘zA
2 487