O‘zA O`zbek

18.08.2018 13:02 Chop etish versiyasi

Ikki bola yetaklagan ayolni urib qochgan haydovchi topildimi?

Ikki bola yetaklagan ayolni urib qochgan haydovchi topildimi?

Kechasi 22:40 atrofida, 7-avgust kuni bir farzandini qo‘lida ko‘tarib, birini yetaklab yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni katta tezlikda kelayotgan “Matiz” haydovchisi urib qochadi. Oqibatda 25 yoshli ayol va uning farzandlari jarohat oladilar.

Tan jarohati olgan Ayol va norasida go‘daklarga birinchi yordam ko‘rsatmay, ularni shu holicha qoldirib ketgan haydovchi yashirinadi. Afsuski, haydovchining “Matiz” rusumli avtomobil raqamini na guvohlar va na jabrlanuvchi ko‘rib ulgiradilar.

Toshkent shahar IIBB, YHX boshqarmasi xodimlarining tun-u-kun olib borgan ishlari, tezkor qidiruvi yordamida 16-avgust kuni ushbu jinoyatni sodir etgan haydovchi topildi. Yo‘lovchilarni urib qochgan haydovchi, mahallada ham bezoriligi bilan ma’lum bo‘lgan fuqaro bo‘lib chiqdi. Unga nisbatan Yunusobod tuman tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan bo‘lib, dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda. Haydovchi urib ketgan yosh bolalarning esa hayoti xavf ostida qolmoqda.

YHX boshqarmasi xodimlarining ta’kidlashicha, haydovchilar avvalambor tezlikni me’yordan oshirmasliklari lozim. Agarda ehtiyotsizlik sabab, YTH sodir bo‘ldimi, ulardan tezda jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish so‘raladi. Voqea joyidan qochib ketish jinoyat sanaladi va jazoni og‘irlashtiradi. Shuningdek, YHX xodimlaridan yashirinib yurishning ham iloji yo‘q. Bu kabi jinoyatchilar odatda tezda topiladi. Ya’ni xalqimiz aytganidek, qing‘ir ishning qiyig‘i qirq kunda ham ochiladi.

O‘zA
2 147