Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.09.2018 12:04 Chop etish versiyasi

IJTIMOIY SOʻROV: AHOLI DAVLAT XIZMATLARI AGЕNTLIGINI YAXSHI BILDIMI?

IJTIMOIY SOʻROV: AHOLI DAVLAT XIZMATLARI AGЕNTLIGINI YAXSHI BILDIMI?

Bugungi kunda aholimiz davlat xizmatlari agentligi tomonidan odamlarning qarzlari bor- yoʻqligini va unga nisbatan hech qanday biron-bir xujjat rasmiylashtirilmagani haqidagi maʼlumotnoma olish xizmati tashkil etilishini soʻrashmoqda. Bu haqda davlat xizmatlari agentligi aholi orasida oʻtkazgan ijtimoiy soʻrovnoma yakunlariga asoslanib xabar bermoqda.

Agentlik oʻtkazgan soʻrovnoma yakunlariga koʻra aholi markazlarda onalar va bolalar xonasini tashkil etishni, markaz xonalarini kengaytirishni, internet tezligini oshirishni hamda markaz xodimlari sonini oshirilishini soʻraganlar. Soʻrovnomada 1797 ta ayol va 2636 dan ortiq erkak respondent ishtirok etgan.

Markaz oʻz faoliyati haqida odamlar qanchalik xabardorligi boʻycha ham soʻrovnoma oʻtkazgan. Unga koʻra, ijtimoiy soʻrovda qatnashgan jami 4433 respondentning, 3633 tasi davlat xizmatlari agentligi va markazlari haqida eshitganligi, shundan 342 dan ortigʻi tanish-bilishlaridan, 735 tasi internetdan, 1211 tasi OAVdan, 155 tasi oila aʼzolaridan, 904 tasi targʻibot tadbirlari va sayyor tadbirlar davomida, 42 tasi bevosita markazga murojaat qilib, 244 tasi boshqalardan eshitganligini taʼkidlagan.

Agentlik faoliyati samaradorligini yanada oshirish uchun aholinining talabi yuqori boʻlgan xizmatlarni, jumladan: bankdan kredit olish xizmatini joriy etishni, fuqarolarga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlaridan qarzi bor-yoʻqligi yoki unga nisbatan biror-bir hujjat rasmiylashtirilmaganligi haqidagi maʼlumotnoma olish xizmatini joriy etishni, markazlarda onalar va bolalar xonasini tashkil etishni, Markazlar binolarini kengaytirishni, internet tezligini oshirishni taʼminlash uchun zarur choralar koʻrishni, aksariyati Markazlarda ishlaydigan xodimlar sonini oshirishni taklif etgan.

O‘zA
2 196