Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.09.2017 18:06 Chop etish versiyasi

Ijtimoiy hamkorlik samaralari

Navoiyda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini ta’minlashda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy hamkorligini yanada mustahkamlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi, xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari, mahalliy Kengashlar deputatlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-gumanitar sohalardagi dolzarb vazifalarni hal etishda davlat boshqaruvi idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligini yanada mustahkamlash, xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi faoliyatini takomillashtirish, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi grant tanlovlarida viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar samaralari tahlil qilindi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ijtimoiy sheriklik samaradorligini tubdan yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

2017-yilda jamoat fondi tomonidan o‘tkazilgan grant tanlovida g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlariga sertifikatlar topshirildi.

– Tanlovda “E’tibor va g‘amxo‘rlik” deb nomlangan loyihamiz bilan ishtirok etib, davlat grantiga sazovor bo‘ldik, – deydi O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Uchquduq tumani bo‘limi ijrochi direktori Baxtigul O‘tepova. – Loyiha tuman aholisi, ayniqsa, chekka ovullarda yashovchi yoshlarning salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, tibbiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbirda ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni samarali amalga oshirishda davlat, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligini yuksaltirish, ijtimoiy hamkorligini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. E’lon qilingan navbatdagi grant tanlovlarida ishtirok etish, loyihalar tayyorlash va taqdim etish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan zarur maslahat va tavsiyalar berildi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
747






Все о погоде - Pogoda.uz