O‘zA O`zbek

01.08.2018 18:45 Chop etish versiyasi

Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari narxi endi nazorat qilinadi

Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari narxi endi nazorat qilinadi
Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Hukumat qarori bilan Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga xarid qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Jamg‘arma mablag‘laridan ichki bozorda muhim turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari uchun narxlarning keskin oshib ketishini oldini olish maqsadida foydalaniladi.

Buning uchun oziq-ovqat mahsulotlarni Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qiluvchi, tayyorlovchi, g‘amlovchi, saqlovchi va sotuvchi tashkilotlar tashkil etiladi. 

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan narxlarda maxsus savdo shahobchalarida sotiladi.

O‘zA
3 279