O‘zA O`zbek

21.08.2019 Chop etish versiyasi

Ijodkorga berilgan rag‘bat yuksak ijodiy parvozlarga qanot bo‘ladi

Ijodkorga berilgan rag‘bat yuksak ijodiy parvozlarga qanot bo‘ladi

Urganch shahrida “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan tanlovga bu yil hudud ijodkorlari tomonidan 5 yo‘nalish bo‘yicha to‘rt yuzga yaqin ishlar taqdim qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i D. Bekchanova, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari G.Ibodullaeva, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari O‘. Matqurbanov va boshqalar so‘zga chiqdi.

photo_2019-08-16_12-07-45.jpg

Ijodiy ishlarda mustaqillik ne’matining mohiyati, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila-tadbirkor”, “Yoshlar-kelajagimiz” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma’no-mazmuni keng targ‘ib qilingan.

Ijodiy ishlari eng yaxshi deb topilgan ijodkorlar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib deb topildi

photo_2019-08-16_12-03-17.jpg

– Tanlovda g‘olib chiqqanimdan xursandman, – dedi viloyat teleradiokompaniyasi muharriri Nargiza Bo‘ronova. – Biz hamkasblarimiz bilan mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan yaratuvchanlik ishlari, zamondoshlarimiz fidoyiliklari, jamiyatimizda millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat muhiti tobora mustahkamlanib borayotgani haqida turkum ko‘rsatuvlar tayyorladik. Menga berilgan bu rag‘bat butun jamoamizga bildirilgan ishonch deb bilaman.

Tanlov g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlandilar.

2 380
Ahmadjon ShOKIROV, O‘zA