O‘zA O`zbek

13.07.2020 Chop etish versiyasi

IIV: Toshkent shahriga kirib-chiqish masalasi yuzasida...

IIV: Toshkent shahriga kirib-chiqish masalasi yuzasida...

Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi, vazirning axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Shohrux Gʻiyosov karantin rejimi vaqtida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan kelib tushayotgan savol va murojaatlarga javob berdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan biri quyidagi savol bilan yuzlandi:

- Propiskam Toshkent shaharda. Lekin, oʻzim shahar chegarasidan 500 metr uzoqlikda – Qibray tumaniga qarashli hududda yashayman. Litsenziya bilan kirib-chiqishda muammo boʻlmaydimi?

Shohruh Gʻiyosov: - Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining 34-son yigʻilish bayonining 2-bandi birinchi xatboshining uchinchi kichik bandiga koʻra, avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha) tegishli hudud doirasida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) fuqarolarning ish joyiga borib kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishi mumkin. Bunda avtotransport vositalarining harakatlanishi davomida sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish talab etilishi belgilangan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan biri quyidagi savol bilan yuzlandi:

- Viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari yopiladigan boʻlsa, Toshkent shahrida roʻyxatda turuvchi shaxslar viloyatlardan kelib, poytaxtga kira olishadimi?

Shohruh Gʻiyosov: - Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining 34-son yigʻilish bayonining 2-bandi birinchi xatboshining birinchi kichik bandiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalarining kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) toʻxtatilgan boʻlib, Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib chiqish bundan mustasno ekanligi belgilangan.

1 216
OʻzA