O‘zA O`zbek

06.02.2018 10:22 Chop etish versiyasi

IIV: O‘tgan hafta O‘zbekistonda sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari natijasida 115 fuqaro jarohatlandi

IIV: O‘tgan hafta O‘zbekistonda sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari natijasida 115 fuqaro jarohatlandi Ularda 115 fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan, deya xabar tarqatdi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 85 ming 677 qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 42 ming 531 tasi qo‘pol qoidabuzarlik hisoblanadi.

Jumladan, 1 ming 757 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 12 ming 896 nafar haydovchi belgilangan tezlik talablariga amal qilmagan.

O‘zA
9 941