O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

IHT Bosh kotibi oʻrinbosari bilan muzokaralar toʻgʻrisida

IHT Bosh kotibi oʻrinbosari bilan muzokaralar toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Ahmad Ssenyomo bilan videokonferens-aloqa shaklida muzokara oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekistonning IHT bilan koʻp qirrali hamkorligi, jumladan, savdo-iqtisod, investitsiya va turizm sohalaridagi aloqalari joriy holati va istiqboli muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida jadal taraqqiyotni taʼminlash va mamlakatimiz iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda Oʻzbekiston IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratadi.

Iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlikni rivojlantirish IHT bilan munosabatlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekani qayd etildi. Oʻzbekiston IHT Bosh kotibiyati, Islom taraqqiyot banki, SOMSES, Savdoni rivojlantirish boʻyicha islom markazi va tashkilotning boshqa tuzilmalari bilan yaqin hamkorlik oʻrnatishdan manfaatdor boʻlib, bu mamlakatimizda turli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi.

Tomonlar, shuningdek, SOVID-19 pandemiyasi sharoitida IHT ishtirokchilari oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni qayta tiklash masalasini muhokama qildilar va koronavirusning salbiy oqibatlarini yumshatish boʻyicha birgalikda harakat qilish muhimligini taʼkidladilar.

IHT Bosh kotibi oʻrinbosari Oʻzbekiston hukumati tomonidan iqtisodiy faollik va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

1 709
OʻzA