O‘zA O`zbek

09.08.2018 11:22 Chop etish versiyasi

Ichki ishlar xodimlarining jangovar shayligi oshirilmoqda

Ichki ishlar xodimlarining jangovar shayligi oshirilmoqda

Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi tizimi xodimlarining jangovar shayligini oshirish maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.

Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish va to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmasini oshirish borasidagi mahoratlari sinovdan o‘tkazilayotir.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, tuman va shahar ichki ishlar organlari xodimlarining bu boradagi malakasini oshirishga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti joriy yil 20-avgust kuniga qadar davom etadi.

A.Xudoyqulov, O‘zA
2 277