Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.01.2018 16:05 Chop etish versiyasi

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida yoshlar uchun «ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi

Kadrlar tayyorlash borasida yangicha yondashuvlar amaliyotga tatbiq etilayotgani har bir sohada o‘z kasbining ustalari ishlashi uchun sharoit yaratishi shubhasiz.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu borada san’at, tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari qatori ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimida tub o‘zgarishlar amalga oshirilishiga e’tibor qaratmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 16-avgustdagi «Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori aynan shu maqsadda qabul qilingan.

Qaror asosida Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va poytaxtimizda akademik litseylari tashkil etildi.

2017-2018-o‘quv yilida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Uchtepa akademik litseyi hamda Baytqo‘rg‘on xizmatlar sohasi va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji negizida ochilgan IIVning akademik litseylari ish boshlagan edi. Mazkur litseylarga har tomonlama sog‘lom va yetuk yoshlar o‘qishga qabul qilingan.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida mazkur litseylarda ta’lim olayotgan yoshlar uchun «ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi.

– Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki kasbiy bilim berilishi bilan birga yuksak vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi IIVning 1-sonli akademik litseyi direktori, podpolkovnik Solijon Ernazarov. – Bu vazirlik tizimdagi oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlashga xizmat qiladi.

O‘quvchilar akademiyada kursantlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish barobarida bu dargohga o‘qishga qabul qilish shartlari bilan ham tanishtirildi. Akademiyaning tergov, tezkor-qidiruv, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ekspert-kriminalistik, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash mutaxassisliklari bo‘yicha ofitser kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga akademiya mas’ul xodimlari tomonidan javob berildi.

Norgul Abduraimova, O‘zA
10 218