O‘zA O`zbek

03.04.2019 Chop etish versiyasi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga Samarqandda 98 nafar fuqaro murojaat qildi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga Samarqandda 98 nafar fuqaro murojaat qildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik M.Jo‘raev 31 mart va 1 aprel kunlari Samarqand viloyatida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazdi.

Kattaqo‘rg‘on va Samarqand shaharlarida hududiy tarzda o‘tkazilgan qabullar chog‘ida viloyatning barcha tuman va shaharlaridan 98 nafar fuqaro vazir o‘rinbosariga bevosita murojaat qildi. Ommaviy sayyor qabullarda asosiy e’tibor aholining barcha qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilib, ularni qiynab kelayotgan dolzarb muammolarini aniqlash va joyida ijobiy hal etishga qaratildi.

0W1A5364.JPG

Murojaatlar asosan, ichki ishlar organlariga qayta tiklash va ishga kirish, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlari, shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar haqida bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarning 18 tasi joyida ijobiy hal etildi, 5 kishiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 18 nafar fuqaroning murojaati tegishliligiga ko‘ra Ichki ishlar vazirligi doirasida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. 50 nafar fuqaroning murojaati esa viloyatdagi mutasaddi soha rahbarlariga yo‘naltirildi.

1 239
G‘.Hasanov, O‘zA