O‘zA O`zbek

02.06.2018 17:01 Chop etish versiyasi

Ichki ishlar akademiyasi Mehribonlik uyida bayram o‘tkazdi

Ichki ishlar akademiyasi Mehribonlik uyida bayram o‘tkazdi Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 21-sonli Mehribonlik uyida bayram ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Bu yerga bayram munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘qituvchilari, tinglovchilari tashrif buyurib, bolalarni bayram bilan qutladi. 

b0e5e0ef-e4fd-4e34-b9ca-529d54a21d37.jpg

Bugun 96 nafar bola tarbiyalanayotgan Mehribonlik uyida barcha qulayliklar mavjud. Bolalarning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

add708ae-1c39-4191-8941-3b0407fd0217.jpg

Tadbirda bolalar she’r va qo‘shiqlar ijro etdi. Ichki ishlar akademiyasining badiiy havaskorlik to‘garagi a’zolari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ularga bayram kayfiyatini ulashdi.

dcf81b83-d3bc-4bfd-bc80-89cab622f549.jpg

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
4 988