Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2018 15:29 Chop etish versiyasi

Ichimlik suvi ta'minoti yaxshilandi

Ichimlik suvi ta'minoti yaxshilandi

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani “Qirqquloch“ mahalla fuqarolar yigʻini hududida ichimlik suviga boʻlgan talab va ehtiyoj hisobga olingan holda 615 xonadonning bu boradagi muammosi bartaraf etildi.

760 ga yaqin oila istiqomat qilayotgan Namuna, Boʻston, Yangiobod va Gulbodom qishloqlari aholisining ichimlik suviga ehtiyojini taʼminlash maqsadida viloyat hokimligining bevosita tashabbusi bilan 300 million soʻm mablagʻ evaziga “Qirqquloch” suv toʻplash va tarqatish inshooti qurib, foydalanishga topshirildi.

– Bu mazkur qishloqlarda yashayotgan odamlar ogʻirini yengil qilish bilan birga, turmush farovonligini yuksaltirishda juda muhim ahamiyatga ega, – deydi mahalla faollaridan T.Egamberdiyev. – Axir, koʻp yillar davomida ichimlik suvini maʼlum bir mablagʻ evaziga uzoq masofadan tashib keltirar edik-da. Endi ham mablagʻ tejaladi, ham odamlarning turmush sifati oshadi. 

Inshoot ishga tushirilishi bilan uch kishining doimiy bandligi taʼminlandi.

Oʻlmas Baratov, OʻzA
1 556