Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.02.2017 11:35 Chop etish versiyasi

Ibratli umr

Toshkent davlat yuridek universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534-yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

“Zahiriddin Muhammad Bobur – yirik davlat arbobi, mashhur adib, buyuk shoir va iste’dodli olim” mavzuida o‘tkazilgan tadbirda shoir va yozuvchilar, san’atkorlar, professor o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Toshkent davlat yuridek universiteti rektori Ye.Kanyazov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida boy ma’naviy merosimizni rivojlantirish va keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

– Bobur asarlarining jahon adabiyotidagi o‘rni, yoshlar tarbiyasidagi beqiyos ahamiyati hozirgi kunda butun dunyoda tan olinib, e’tirof etilmoqda, – deydi filologiya fanlari doktori, professor Ulfatxon Muhibova. – Ulug‘ mutafakkir asarlari qalbimizda go‘zallik, nafosat, ezgulik tuyg‘usini uyg‘otadi. Har birimizni Vatanni ko‘z qorachig‘idek asrashga, astoydil sevishga, ogoh va hushyor bo‘lib yashashga da’vat etadi.

Tadbirda Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qildi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalarining shoir g‘azallari bilan aytiluvchi kuy va qo‘shiqlari barchaga xushkayfiyat bag‘ishladi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
563






Все о погоде - Pogoda.uz