Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.08.2017 19:49 Chop etish versiyasi

Huquqbuzarliklarning oldi olinmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni muntazam o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlari hududlarda osoyishtalikni yanada mustahkamlashda yuksak samaralar bermoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 10-apreldagi "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni hamda 12-apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Poytaxtimizning Sergeli tumanida ham profilaktika tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

Davlatimiz tomonidan oilalar mustahkamligini ta’minlash, turli kelishmovchilik yuzaga kelgan oilalardagi muhitni yaxshilash masalalariga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Tumanning Choshtepa, O‘zgarish, Junariq mahallalarida jamoat tartibini buzgan, odob-axloq qoidalariga rioya etmagan fuqarolar qilmishlari muhokama etildi. Internet-kafe, tungi ko‘ngilochar maskanlarda kunini o‘tkazayotgan voyaga yetmagan yoshlar bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. O‘z farzandining qayerdaligi, nima bilan mashg‘ulligini bilmaydigan ayrim ota-onalar ogohlantirildi.

Pasport-viza tartibotini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar davomida turar va noturar joy obyektlarida pasport-viza tartiboti qoidalariga rioya qilmagan shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
975






Все о погоде - Pogoda.uz