Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

26.08.2018 13:00 Chop etish versiyasi

Huquqbuzarlik va jinoyatchilik: amaliyot va samara

Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 3-ichki ishlar boʻlimi mukammal taʻmirlangan ikki qavatli binoda faoliyat boshladi.

Binoning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda soha xodimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidanviloyatdagi ichki ishlar boʻlimlariga 4 ta “Damas” xizmat avtomashinasi, 3-ichki ishlar boʻlimi rahbariga “Nexia” xizmat avtomashinasi topshirildi. Shuningdek, barcha boʻlimlarga skuterlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari taʻmirlangan bino, unda xodimlarning oʻz xizmat vazifasini bajarishi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishishdi.

– Shahardagi 17 mahalla hududida jamoat xavfsizligi, unda yashovchi 75 mingdan ziyod aholining tinchligi va osoyishtaligini taʻminlash maqsadida davlat organlari va jamoatchilik bilan doimiy hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan, – deydi 3- ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, mayor Fayzulla Ganjiyev. – Bu olib borilayotgan profilaktika ishlari samaradorligini oshirishda muhim omil boʻlmoqda. Boʻlimimiz hududida 2018 yilning oʻtgan davrida umumiy jinoyatchilik 88 taga yoki 38 foizga kamayib, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar turkumiga kiruvchi nomusga tegish, talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarining sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi. Moddiy-texnika bazamiz mustahkamlanayotgani profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, jinoyatlarni “issiq izi”da fosh etishga xizmat qiladi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov va Buxoro viloyati hokimi Oʻ.Barnoyev soʻzga chiqdi.

Erkin Yodgorov, OʻzA
1 722