O‘zA O`zbek

20.09.2018 Chop etish versiyasi

Hunarmand mahsulotlari xaridorgir

Hunarmand mahsulotlari xaridorgir

Shumanaylik hunarmand Rozaliya Matirzayeva boshqarayotgan “Usta-shogird” maktabi oʻtov uchun zarur anjomlar, oʻyinchoqlar hamda talabga koʻra turli issiq oyoq kiyimlar tayyorlaydi.

YUNЕSKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi qoʻllab-quvvatlashi bilan mamlakatimizda boʻlib turgan gilam mahsulotlari boʻyicha yetuk mutaxassis moʻgʻulistonlik professor Batsayxan Siyen-Oydov ushbu maktabda oʻz mahorat darslarini boshladi. U hunarmandlarimizga kigiz gilam ishlab chiqarishning yangi usullarini, kigizdan har xil mahsulotlar yaratishni oʻrgatmoqda.

772846f6-be0e-4ec4-b967-12d668619d12.jpg

– Maktabimizda 6 kishi doimiy ish bilan taʼminlangan, – deydi hunarmand Rozaliya Matirzayeva. – Biz avval kigizdan asosan oʻtov uchun kerakli anjomlar ishlab chiqarar edik. Endi gilam ishlab chiqarishni, buning uchun kigizni tayyorlashning yangi usullarini oʻrganyapmiz. Shuningdek, kigizdan issiq kiyimlar tayyorlash mumkin ekan. Moʻgʻulistonlik mutaxassis bilan oʻz tajribamizni oʻrtoqlashib, tajribalarimiz boyimoqda. Bu esa bizning ishlab chiqarishimizning kengayishiga xizmat qiladi.

Yaqinda tuman hokimligi hududdagi boʻsh turgan binoni qayta taʼmirlab ushbu maktabga ajratib berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qoʻllab-quvvatlashi bilan Xiva shahridan 10 dona gilam toʻqiydigan uskunalar olib kelib oʻrnatildi.

Bu yerda tayyorlanayotgan har xil oyoq kiyimlar xaridorgir boʻlib, xorijiy sayyohlar orasida ham soʻrovchilar koʻp.

1 606
Yesimxon Qanoatov, OʻzA