Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.06.2018 10:51 Chop etish versiyasi

Hulkar qishlog‘ida suvdan elektr olinmoqda

Hulkar qishlog‘ida suvdan elektr olinmoqda
2018-2021 yillarda O‘zbekistonda40 yaqinmikro GESlar quriladi. Ayni vaqtda esa umumiy quvvati 200Kv bo‘lgan birinchi mikro GES ishga tushdi.

– Zomin suv omborida qurilgan bu mikro GESning loyihasi “Gidroproyekt” jamiyatida ishlab chiqilib, “O‘zbekgidroenergo” tizimidagi “Maxsusgidroenergomontaj” korxonasi tomonidan bajarildi,–deydi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi Abdug‘ani Sanginov.– Uskunalarni esa “Dongfang Electric International Corporation” (Xitoy) yetkazib berdi. Mazkur kompaniya kelgusida yana to‘rtta mikro GES uchun uskunalar yetkazib beradi. Buning uchun 312,0 ming dollarlik shartnoma imzolangan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevningjoriy yil 30-31 mart kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalar berilgan edi. Ulardan biri – Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan Zomin suv ombori qoshida mikroGES qurishni tezkorlik bilan amalga oshirish edi.

IMG_6023.JPG

Nima uchun mikro GESlarni soni ko‘paytirilmoqda?

MikroGES ekologik tozaligi, oddiyligi, arzonligi, texnologik jihatdan tayyorlash va ekspluatatsiya qilish osonligi bilan ajralib turadi. MikroGES xalqaro standartlarga ko‘ra, asosan quvvati 0,1 kVtdan 100 kVtgacha bo‘lgan gidroenergetik qurilma bo‘lib, u gidroturbina, tasmali va reduktorli uzatmalar hamda asinxron generatordan iborat.Shu bois ham yurtimizda ana shunday kichik va ixcham GESlarni qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, ishlab chiqarishning energiya sig‘imini qisqartirish, milliy ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va sinovdan o‘tgan xalqaro energotejamkor ilg‘or texnologiyalar tadqiqotlarini amaliyotga maqsadli joriy etish sohasida ustuvor vazifalar belgilangani buning yorqin isbotidir.

Qayd etish joizki, ayni vaqtda Toshkent viloyatida Tuyabug‘iz, Namanganda Katta Farg‘ona kanalida ham ana shunday ixcham va qulay GESlarni qurish davom etmoqda.

O‘zA
1 418