Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.08.2018 19:14 Chop etish versiyasi

Hukumatga tadbirkor ayollar tashabbus bilan chiqdilar

Hukumatga tadbirkor ayollar tashabbus bilan chiqdilar
“Tadbirkor ayol” O‘zbekistonishbilarmon ayollar assotsiatsiyasimamlakatimizni tadbirkorayollar indeksiga kiritish tashabbusi bilanO‘zbekiston hukumatiga murojaat bilan chiqdi.

Ushbu indeks butun dunyoda xotin-qizlar tadbirkorligi salohiyatini baholovchi ko‘rsatkich bo‘lib, ayollar tadbirkorligi masalalarining ko‘plab qirralarini o‘z ichiga oladi.

Ayollar tadbirkorligi indeksi global hisoboti 77 ta mamlakatni qamrab olib, hududiy tahlillarga asoslangan reytingni belgilaydi. O‘zbekiston ushbu reyting tarkibiga kirmagan.

“Tadbirkor ayol” O‘zbekistonishbilarmon ayollar assotsiatsiyasimamlakatimizni tadbirkorayollar indeksiga kiritish tashabbusi bilanO‘zbekiston hukumatiga murojaat bilan chiqdi.

O‘zbekistonning ushbu global reytingda qatnashishi ayollar tadbirkorligi holatining rivojlangan mamlakatlar orasida solishtiruv tahlilini amalga oshirish, global reyting indikatorlari orqali mavjud muammolarni aniqlash, ayollar tadbirkorligi muhitini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek, xalqaro hamjiyatning ijobiy yondashuvi erishilishiga xizmat qiladi.

“Tadbirkor ayol” O‘zbekistonishbilarmon 
ayollar assotsiatsiyasi

O‘zA
2 125