O‘zA O`zbek

14.08.2018 12:29 Chop etish versiyasi

Hududda OIV, sil va bezgak kasalliklari bilan aholi o‘rtasida kasallanish darajasi boshqa viloyatlarga nisbatan yuqori

Hududda OIV, sil va bezgak kasalliklari bilan aholi o‘rtasida kasallanish darajasi boshqa viloyatlarga nisbatan yuqori

Guliston shahrida sil va bezgak kasalliklariga qarshi kurashish, bu borada jamoatchilikning roli yuzasidan tibbiyot xodimlari, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Hududda tibbiy soha va inson salomatligiga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoit hamda sohaga zamonaviy yondashuv bo‘layotganiga qaramay OIV, sil va bezgak kasalliklari bilan aholi o‘rtasida kasallanish darajasi boshqa viloyatlarga nisbatan yuqori ekanligi achinarli.

Muloqot doirasida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi bosh shifokori V.Shermatov “2017 yil davomida OITS bo‘yicha viloyatdagi epidemiologik vaziyat, Global jamg‘arma va xalqaro donor tashkilotlarning OIV infeksiyasiga qarshi kurashish va tarqalishining oldini olish ishlaridagi ahamiyati” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Viloyatda sil va bezgak kasalliklarining oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar xususidagi mutaxassislarning chiqishi ham yig‘ilganlarning diqqat markazida bo‘ldi.

A.Qayumov, O‘zA
1 650