O‘zA O`zbek

01.04.2020 Chop etish versiyasi

Huawei yillik hisobotni eʼlon qildi: yutuqlar va toʻsiqlar sarhisobi

Huawei yillik hisobotni eʼlon qildi: yutuqlar va toʻsiqlar sarhisobi


2019-yil 31-mart kuni Huawei kompaniyasi yuqori darajadagi ish faolligi koʻrsatkichlarini aks ettirgan 2019-yil uchun yillik hisobotini eʼlon qildi. 2019-yilda kompaniyaning dunyo boʻylab sototivlardan tushgan daromadi taxminan 123 milliard AQSH dollarini tashkil etdi, bu oʻtgan yil koʻrsatkichlariga nisbatan 19,1 foizga koʻp demakdir. Huawei kompaniyasining sof foydasi 9 milliard AQSH dollariga yetdi, operatsion faoliyatdan tushgan pul mablagʻlari hajmi esa 13,1 milliard dollardan oshdi va bu uning oʻtgan yilga nisbatan 22,4 foizga koʻpayganini koʻrsatadi. Yangi texnologiyalar va tadqiqotlarga uzoq muddatli doimiy sarmoya kiritish doirasida Huawei kompaniyasi oʻzining 2019-yildagi daromadining 15,3 foizini yoki 18,86 milliard AQSH dollarini Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalariga investitsiya qildi. Kompaniyaning soʻnggi oʻn yillikda Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalariga qilgan umumiy xarajatlari 85,9 milliard AQSH dollaridan oshdi.

“2019-yil Huawei kompaniyasi uchun mislsiz murakkab yil boʻldi – dedi kompaniyaning amaldagi bosh direktori Erik Syuy. – Kuchli tashqi bosimga qaramay, bizning jamoamiz faqatgina mijozlarga koʻproq foyda keltirishga intilib, ishonch bilan oldinga qarab harakat qildi. Biz ularning hurmati va ishonchini, shuningdek butun dunyodagi hamkorlarimizning hurmati va ishonchini qozonish uchun koʻp ishladik. Bizning biznesimiz barqarorlikni saqlab qolishda davom etmoqda”.

2019-yilda Huawei Carriyer biznes guruhi 5G tarmoqlarini tijoriy ishga tushirilishi boʻyicha yetakchi oʻrinni egalladi. Tijorat maqsadlarida tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirish va 5G sohasidagi ilgʻor texnologiyalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida kompaniya oʻzining hamkorlari – aloqa operatorlari bilan birgalikda 5G yechimlarini ilgari surish uchun butun dunyo boʻylab innovatsion markazlarni yaratdi. Huawei kompaniyasining RuralStar bazaviy stansiyasi uchun moʻljallangan yechimi qishloq joylarda qamrab olish muammolarini samarali hal qilishga imkon beradi. Hozirgi kunda u taxminan 50 ta mamlakat va mintaqalarda qoʻllaniladi va chekka hududlardagi 40 milliondan ortiq aholini mobil Internet bilan taʼminlaydi. 2019-yilda Huawei Carriyer biznes guruhi tomonidan olingan sotishdan tushgan daromadlar oʻtgan yilga nisbatan 3,8 foizga oʻsib, 42,5 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.

Huawei Enterprise biznes guruhi oʻzining mutlaqo xilma-xil sohalardagi mijozlariga raqamli oʻzgartirishlarni amalga oshirish va raqamli dunyoga asos solish uchun yordam berishda davom etmoqda. Butun dunyo boʻylab 700 dan ortiq shahar va Fortune Global 500 roʻyxatiga kiritilgan 228 ta kompaniya raqamli oʻzgartirishlar boʻyicha hamkor sifatida Huaweiʼni tanladilar. 2019-yilda Huawei kompaniyasi kompyuter va hisoblash texnikasi sohasida oʻzining aqlli dunyoning kelgusida oʻsishi va gullab-yashnashi uchun unumdor zamin tayyorlashga qaratilgan yangi strategiyasini eʼlon qildi. Ushbu strategiya doirasida kompaniya sunʼiy intelektni oʻrgatishni tezlashtirishga moʻljallangan dunyodagi eng tezkor Ascend 910 SI-protsessor va Atlas 900 klasterini taqdim etdi. 2019-yilda Huawei kompaniyasining korporativ yechimlar sohasidagi sotishdan olgan daromadi 12,8 milliard AQSH dollariga yetdi, bu oʻtgan yil koʻrsatkichlariga nisbatan 8,6 foizga koʻp.

Huawei Consumer biznes guruhi avvalgidek barqaror oʻsib bomoqda; oʻtgan yili smartfonlarni yetkazib berish 240 million donani tashkil etdi. Kompaniya sunʼiy intelektni qoʻllashning barcha mavjud variantlarini va turli xil qurilmalarni, shu jumladan shaxsiy kompyuterlar, planshetlar, taqib yuriladigan elektronika va aqlli displeylarni ishlab chiqishni oʻz ichiga olgan “Sunʼiy intelekt hayotdagi barcha holatlarda” (Seamless AI Life) ekotizimini ishlab chiqish sohasida muvaffaqiyatli rivojlanishga erishganini maʼlum qildi. 2019-yilda Huawei Consumer biznes guruhining daromadi oʻtgan yilga nisbatan 34 foizga oshib, 66,9 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.

“Kelajakda tashqi muhit yana-da murakkablashib boradi, – deb ogohlantiradi Erik Syuy. – Biz ochiq innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash va mijozlarimiz va umuman jamiyat uchun koʻproq foyda keltirish bilan oʻzimizning mahsulotlarimiz va xizmatlarimizning raqobatbardoshligini yana-da oshirishimiz kerak. Bu sanoat sohasining raqamli va intellektual oʻzgarishi bizga taqdim etadigan tarixiy imkoniyatlardan foydalanishning va uzoq muddatli istiqbolda barqaror oʻsishni qoʻllab-quvvatlashning yagona yoʻlidir”.

2019-yil uchun yillik hisobotdagi barcha moliyaviy koʻrsatkichlar KPMG – “Katta toʻrtlik” xalqaro audit kompaniyasi tomonidan tekshirildi. 2019-yil hisobotini quyidagi saytdan yuklab olish mumkin: www.huawei.com/en/press-events/annual-report/2019

AQSH dollari kursi 2019-yil 31-dekabr holati boʻyicha olindi: 1.00 AQSH dollari = 6.9 yuan


23 586
O'zA