O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

Hosilni qabul qilish jarayoni toʻliq onlayn kuzatuvi ostida

Hosilni qabul qilish jarayoni toʻliq onlayn kuzatuvi ostida

Fargʻonalik gʻallakorlar 335 ming tonnadan ziyod sara don xirmonini yaratib, shartnomaviy rejani ortigʻi bilan uddaladi.

Fargʻona viloyatidagi don mahsulotlari korxonalarining 4 ta don qabul qilish elevatori va 10 ta don qabul qilish shoxobchalari yetishtirilgan hosilni qabul qilib oldi. Bu yerdagi tarozilar, laboratoriya binolarining barchasi toʻliq onlayn kuzatuv rejimiga oʻtkazilgan.

“Bagʻdoddonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Bagʻdod, Oltiariq va Rishton tumanidan 67 ming 808 tonna sara don qabul qilindi. Gʻalla oʻrim-yigʻimiga korxona tomonidan sifatli tayyorgarlik koʻrildi. Elevator va shoxobchalar shay holatga keltirildi. Hozirda ham yetishtirilgan hosil peshma-pesh omborlarga olib kelinmoqda.

6.jpg

9.jpg

13 (2).jpg

1 400
OʻzA fotomuxbiri Muqimjon QODIROV